IIV Xalqaro aeroportlarda havfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Buxoro viloyatida joylashgan 7258-harbiy qismda huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Buxoro harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi M.Bozormirzayev xizmatga yangi kelgan askarlar bilan profilaktik suhbat oʻtkazdi. Harbiy xizmatni umumharbiy nizomlar talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtash lozimligini taʼkidlab, nizom qoidalarini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirdi.
Azamat Kurbanbayev,
oddiy askar.
