Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hududi 51-son manzil-koloniyasida davra suhbati tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri Xayriddin Fayziyev muassasa shaxsiy tarkibiga 2025-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1030-son qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Feruza AVALBAYEVA,
mayor.
