Hazorasp tumani IIB HPB xodimlari tomonidan ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish hamda oilalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilash, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga amaliy yordam koʻrsatish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Ayniqsa, muqaddam sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, yashash manzilidan uzoq muddatga xorijga ketgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlar olib borilyapti. 

– Tumanimiz hududidagi har bir mahalla va xonadon “Ishchi guruh” tomonidan oʻrganib chiqilmoqda, – deydi tuman IIB HPB XQMB katta inspektori, katta leytenant Anaposhsha Qurbonova. – Mazkur oʻrganishlar jarayonida xotin-qizlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish hamda imtiyozli bank krediti ajratgan holda tadbirkorlikka yoʻnaltirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida fuqarolarga huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targʻibot bukletlari ham tarqatilmoqda. 

Joylarda amalga oshirilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar natijasida, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligi oshirilib, ularning huquqiy himoyasi taʼminlanmoqda.

                                  Xudoybergan JABBOROV,

                                      “Postda” muxbiri.