Urganch davlat universitetida «Biz tazyiq va zoʻravonlikka qarshimiz!» shiori ostida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda shahar IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, kapitan Zuhra Tillabaeva ishtirok etib, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, sogʻligini mustahkamlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasidagi ishlar tegishli tashkilotlar hamkorligida samarali natijalar berayotganini taʼkidlab oʻtdi. Yigʻilishda xotin-qizlar oʻrtasida firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik kabi jinoyatlarning oldini olish, bu borada aholining ogoh va xushyorligini oshirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
