IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-harbiy qismda qariyb yigirma yil xizmat qilgan katta serjant Asliddin Nurovni pensiyaga kuzatish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda katta serjant A.Nurov oʻzining mehnatsevarligi, tirishqoqligi bilan barchaga namuna boʻlgani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, uning xizmatdoshlari va yosh harbiy xizmatchilar samimiy dil izhorlarini bildirishdi.

Yakunda katta serjant Asliddin Nurovning yelkasiga toʻn yopilib, qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.