Qimmatli vaqtini foydali mashgʻulotlarga – bilim olishga, kasb-hunar egallashga sarflayotgan yoshlarimiz talaygina. Ular kelajakda albatta hayotda oʻz oʻrninin topishi, tanlagan sohalarida yuksak choʻqqilarni zabt etishi shubhasiz. Taassufki, buning oʻrniga qingʻir yoʻlni tanlayotganlari ham uchrab turadi.
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida istiqomat qiladigan ikki yigit oʻzaro til biriktirib avtoturargohga kelishadi. Ularning maqsadi mashinalarning salonidagi qimmatbaho buyumlar va pullarni oʻmarish edi. Shuning uchun oldindan tayyorlab kelgan qoʻlbola moslama bilan mashinalardan birining eshigini ochib, pullar va buyumllarni olayotgan paytda yoʻlda harakatlanib ketayotgan avtobus haydovchisi koʻrib qoladi. U oʻgʻrilarni tutishga harakat qiladi. Ammo yigitlar qochishga ulguradi.
Shundan soʻng hushyor haydovchi bu haqda tuman IIB navbatchilik qismiga xabar beradi. Xodimlarining tezkorligi tufayli har ikkala yigit ham qoʻlga olinib, qonun hukmiga topshirildi. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
