Kuni kecha Namangan viloyati IIB katta majlislar zalida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Adil Ataxodjaev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning soha xodimlariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni issiq izida fosh etish, tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashga hissa qoʻshayotgan, fidoyilik namunasini koʻrsatayotgan soha xodimlarining zahmatli mehnatlarini alohida eʼtirof etdi.
Namangan viloyati IIB
Axborot xizmati.
