Bugungi kunda huquqbuzarliklarni oldini olish, mahallalarni jinoyatdan holi, xavfsiz hududga aylantirish hamda aholining mavjud muamolarini joyida bartaraf etish ustvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish hamda jinoyatchilikni “Mahallabay” usulida jilovlash, aholining ijtimoiy qatlamlari bilan manzilli ishlash va ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida oʻz faoliyatini boshladi.  

Oʻrganishlar davomida Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 12-fevralda oʻtkazilgan Ichki ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan majlisida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda Navoiy viloyatida kriminogen vaziyatga bevosita taʼsir etuvchi omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha “Navoiy tajribasi”ni yaratish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirilmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari kichik guruhlarga boʻlinib, alohida yoʻnalishlar boʻyicha viloyatning shahar-tumanlariga borib, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini nazorat qilinmoqda.

Xususan, ishchi guruh aʼzolari Xatirchi, Karmana, Uchquduq, Qiziltepa va Navbahor tumanlarida boʻlib, respublika boʻyicha krimenogen vaziyati ogʻir hisoblangan 830talik roʻyxatga kirgan 33 ta mahallada choraklik “mahallabay” dasturlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ahvolini koʻzdan kechirmoqda. Profilaktika inspektorlari va mahalla raislari tomonidan “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlarning natijasi oʻrganildi.

Oʻtkazilgan tezkor profilaktik tadbirning dastlabki kunida viloyat miqyosida 134 nafar yosh taʼlimga qaytarildi, 595 nafar uyushmagan yoshlar bilan profilaktik suhbat olib borildi, 69 nafar ota-onalarga farzandini qarovsiz qoldirganligi sabab chora koʻrildi, 56 nafar bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlar oilari bilan suhbatlashildi, 102 nafar oila IIB xodimlari hamda mahalla faolllari bilan hamkorlikda yarashtirildi, 98 nafar tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlayotgan ayollarga “Himoya orderi” berildi, 43 nafar ishsiz fuqarolar bandligi taʼminlandi, jamoat joylarida 396 ta fuqaro tartibbuzganlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, jami 119 ta maʼmuriy, 9ta jinoiy holat aniqlandi, hamda 5 ta qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi. Yoʻl harakati xavsizligi yoʻnalishi boʻyicha kunning ikkinchi yarmida boshlangan maxsus reyd tadbirlari davomida jami 572 ta yoʻl harakati qoidabuzarliklari aniqlangan, shundan 455 tasi qoʻpol turdagi qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.