Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud idoralaridan yashirinib yurgan Buxoro shahar Mustaqillik koʻchasida turuvchi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, 1988-yilda tugʻilgan R.F. ismli qiz Buxoro shahrida ijarada yashab kelayotganligi viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbirda aniqlandi. Tadbir davomida u qoʻlga olinib, viloyat IIB PPX va JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.