2022-yili unga vazifasiga sidqidildan yondashgani hamda hudud tinchligi va osoyishtaligiga qoʻshgan hissasi uchun Toshkent shahar hokimiyati tomonidan namunali profilaktika inspektorlarini ragʻbatlantirish maqsadida ajratilgan «Spark» avtomobi­lidan biri topshirilgan. 

– 3-sonli IIB hududida 17 ta mahalla mavjud, – deydi kapitan M.Mirislomov. – IIB HPB jamoasida yosh xodimlar koʻp. Ulardan profilaktika inspektorlari, leyte­nantlar Behruz Abdusalomov va Jasurbek Uskanov kabi yosh xodimlarning intiluv­chanligi va sohani oʻzlashtirishda oʻziga nisbatan talabchanligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Shuningdek, uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, sohada suyagi qotgan profilaktika katta inspektorlari, mayorlar Tohir Toʻrayev hamda Jahongir Xidirov kabi tajribali xodimlar yoshlarga oʻz bilim va koʻnikmalarini oʻrgatib kelayotgani soha rivoji uchun zamin yaratmoqda. 

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.