Yurtimiz oliy oʻquv yurtlarida 2025/2026-oʻquv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilmoqda. Poytaxtimizning nufuzli oliygohlaridan biri boʻlgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham ijodiy imtihonlar oʻtkazildi. Abiturentlar oʻzlari tanlagan rangtasvir, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va dizayn yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishdi.
– Jarayonni koʻngildagidek oʻtkazish uchun Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda abiturentlarni puxta tekshiruvdan oʻtkazmoqdamiz. Imtihonga olib kirish taqiqlangan predmetlar nazorat oʻtkazish joyining oʻzida olib qolinyapti. Shuningdek, shubhali shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ham tekshiryapmiz, – deydi Mirobod tumani IIOFMB 3-sonli IIB HPB Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti profilaktika inspektori Jasur Mambetov.
Bu yerda abiturentlar va ularning ota-onalari uchun imtihon jarayonlarini kuzatib turish uchun hovliga bir nechta monitor oʻrnatilgan.
Abu KENJAYEV,
fotomuxbir.
