Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlarida xizmat olib borayotgan fidoyi xodimlar va ularning oila aʼzolarini boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar muzeyda saqlanayotgan qadimiy yodgorliklar, hunarmandchilik namunalari, arxeologik topilmalar va xalq amaliy sanʼatiga oid koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishdilar hamda muzey xodimlari tomonidan tarixiy davrlar, ulugʻ shaxslar hayoti va faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
