Peshku tumani Navgaxon mahallasida yashovchi, 1965 yilda tugʻilgan R.O.ga tegishli “Sanoatqurilish” banki tomonidan berilgan plastik kartasidan nomaʼlum shaxs jami 11 million 378 ming 650 soʻm pullarni yashirin ravishda talon-toroj qiladi. Holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000 yilda tugʻilgan I.J. sodir qilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.