Jizzax viloyati IIB JXX jamoat tartibini saqlash boshqarmasida patrul-post xizmati bataloni saflarida xizmat olib yosh xodimlarning oila aʼzolari bilan muloqot oʻtkazildi. Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash nuqtai nazaridan uyushtirilgan tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolariga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Oʻz navbatida hamkasblariga ibrat boʻlayotgan soha vakillarining yaqinlariga tashakkurnomalar topshirildi
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
