Yaqinda IIV Malaka oshirish instituti tadqiqotchisi, vazirlik Markaziy poliklinikasi boshligʻi, polkovnik Feruza Zakirova Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi ilmiy kengashda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Ichki ishlar vazirligi xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish” mavzusidagi dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shu munosabat bilan, IIV Malaka oshirish instituti raxbariyati va shaxsiy tarkibi polkovnik F. Zakirovani qizgʻin muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Oʻz muxbirimiz.
