Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbari – Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiyev Koʻkdala tumanidagi “Oʻymovut” mahallasida boʻlib, fuqarolarning yashash sharoiti, ularning muammolari bilan qiziqdi.
Sektor rahbari “mahalla beshligi” bilan birgalikda 1-guruh nogironi Oltin Mingnorovning xonadoniga bordi va uning turmush oʻrtogʻi, 2-guruh nogironining kasb-hunarga qiziqishi, kelgusi rejalari haqida soʻralganida, tikuvchilikni yaxshi bilishi maʼlum boʻldi. Ayolning talabiga koʻra tez kunda unga zamonaviy tikuv mashinasi olib berilishi masʼullar zimmasiga yuklandi. Shu bilan birga, xonadon sohiblariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Navbatdagi manzil – “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi yolgʻiz ayol Zulfiya Ergashevaning uyida boʻlgan sektor rahbari xonadon bekasining davolanishga muhtojligini inobatga olib, sogʻligʻini tiklashi uchun order taqdim etdi. Qolaversa, unga oʻzini oʻzi band qilishda shart-sharoit yaratib berish borasida takliflar, tavsiyalar berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati
