Ellikqalʼa tumanidagi avtomaktablardan birida oʻrgatuvchi-usta lavozimida ishlab kelayotgan Norboy Xoldorov (ism-familiyalar oʻzgartirildi) fuqarolarga haydovchilikni mukammal oʻrgatish oʻrniga, oʻzining shaxsiy manfaatini ustun qoʻydi. Yaʼni, shu hududda yashovchi Jonibek Abdullayev va uning uch nafar tanishiga haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻladigan imtihonlardan 2 ming 400 AQSH dollari evaziga hech bir toʻsiqsiz oʻtkazib qoʻyishga vaʼda berdi. 

Mazkur kelishuvdan xabar topgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari esa, tezkor tadbir tashkil etib, N. Xoldorov oʻzi talab qilgan pullarni olayotgan vaqtida qoʻlga olishdi. Natijada, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.