Buxoro shahrining qadimiy obidalari joylashgan tarixiy qismi sayyohlar bilan doimo gavjum. Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari shahrimizga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tunu kun xizmat olib borishmoqda.
Yaqinda Buxoro shahriga Indoneziya davlatidan tashrif buyurgan bir guruh sayyohlarga tarixiy qism hamda viloyat Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari faoliyati haqida maʼlumotlar berildi.
M.NEMATOV,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
