Yunusobod tumani IIOFMB tashabbusi bilan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov xotirasiga bagʻishlangan xotira kechasi tashkil etildi. “Yangilanayotgan Oʻzbekistonda, inson aziz xotira muqaddas” shiori ostida oʻtkazilgan kecha Sharof Rashidovning byusti oʻrnatilgan xiyobonda boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman IIOFMB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov va IIO xodimlari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchilari, IIV Akademiyasi kursantlari, Jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.