Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Sherzod Shodiyev boshchiligida soha faxriylarining holidan xabar olindi. 

Tizimda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriylar bilan dildan qilingan suhbatlar asnosida, bayram sovgʻalari hamda Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov qalamiga mansub «Unutilmas xotiralarim» va IIV Birlashgan tahririyati tomonidan nashr etilgan «Faxriylar – faxrimiz» nomli kitoblari ulashildi. Shuningdek, isteʼfodagi mayor Abduhakim Navroʻzov tavalludining 60 yillik yubileyi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi hamda viloyat IIBning faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram bahonasida xabar olingan soha faxriylarining muam­mo va takliflari oʻrganilib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

Oʻz muxbirimiz.