Koʻplab yurtdoshlarimiz yechimini izlayotgan muammolar, oʻylantirayotgan savollar mutasaddi rahbarlarning shaxsiy va sayyor qabullarida tinglanib, qonuniy hal etilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul poytaxtimizning Bektemir hamda Yashnobod tumanlari aholisi bilan oʻtkazildi. Bu haqida Toshkent shahar Axborot mulʼtimedia markazi xabar qiladi.

Qayd etilishicha, qabul jarayonida turli masalalarda murojaatlar kelib tushgan. Xususan, ularning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi boʻyicha tushuntirish berilib, koʻrib chiqish qoʻshimcha muddat talab etadigan 19 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.  

Keyingi yillarda yurtimizda har bir soha va yoʻnalishda fuqarolarning qonuniy talablarini oʻrganish, haq-huquqlarini taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani quvonarli. Bu kabi qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.