Buni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani Ichki ishlar boʻlimi misolida ham koʻrish mumkin. Voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda nazoratsiz va bemaqsad yurishining oldini olish maqsadida inspektor-psixologlar boshchiligida tashkil etilgan mobil guruhlar tomonidan porofilaktik ishlar va targʻibot tadbirlari oʻz vaqtida toʻgʻri amalga oshrilayotgani sababli joriy yilning oʻtgan davrida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik koʻrsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan qariyb 40 foizga kamayishiga erishildi.

Guruh rahbari, mayor Abduvohid Toʻychiyevning taʼkidlashicha, yangi oʻquv yili boshlanishi bilan inspektor-psixologlar maktablarda huquqiy targʻibot tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etishga kirishdilar.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.