Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlariga mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish va faoliyat samaradorligini tubdan oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2023–2024-oʻquv yili uchun JXU, TDYUU hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlar aniqlanmoqda. Shu maqsadda Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari IIB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVda xizmat olib borayotgan 85 nafar profilaktika inspektori maxsus test sinovlaridan oʻtkazildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
