Fargʻona shahrida yashovchi M.Z. internetda kiberjinoyat qurboniga aylandi.

Xullas, telegram kanali orqali nomaʼlum shaxs oʻzini dori-darmon savdosi bilan shugʻullanuvchi firma vakili deb tanishtirib, mahsulot yetkazib berishni vaʼda qiladi. Natijada M. Z.ning plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, undan 4 million 600 ming soʻm pulni firibgarlik yoʻli bilan yechib oladi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.Sh. sodir etganligi aniqlandi. Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.