Dastlab maktabdagi erkin kurash toʻgaragiga qatnashib, sportga qiziqishi oshgan Mirshodjon soliq kollejida tahsil olayotganida Buxoro shahridagi «Umid» klubida murabbiyi Homid Rahmatovga shogird tushib, boks bilan shugʻullandi. Shahar va viloyat miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egalladi.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtagach, 2022-yil IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga hujjat topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, 7536-harbiy qismda maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodida katta muta­xassis lavozimida xizmat faoliyatini boshladi. 

– Oddiy askar Mirshod Sharopov qobiliyatli, oʻziga nisbatan talabchan xodim, – deydi harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlinmasi boshligʻi, podpolkovnik Elyor Gʻafforov. – Uning yutuqlarini ikki yil davomida kuzatib kelaman. Erishgan yutuqlari arzigulik. Misol uchun aytadigan boʻlsak, 2023-yili Toshkent shahrida oʻtkazilgan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi­ning boks boʻyicha birinchiligida oʻz vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi. Yaqinda jangovar sambo boʻyicha Qorovul qoʻshinlari qoʻmondoni kubogida ham faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Bunday yutuqlarga eri­shishda, albatta, ustozlarining xizmati katta. Sport sohasida Homid Rahmatov, Azamat Ergashovlarning, kasb sohasida esa mayor Nuriddin Joʻrayev, kapitan Adiz Ravshanovlarning maslahati va yoʻl-yoʻriqlari asqat­moqda. 

– Kimki yaxshi niyat qilib, maqsad sari qatʼiylik bilan intilsa, u, albatta, murodiga yetadi, – deya taʼkidlaydi lavhamiz qahramoni. 


Mirzoqul AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.