“Intizom oyligi” doirasida Toʻrtinchi mintaqaviy hudud 2-son JIEK shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda IIV ShXBB JIED boʻlimi masʼul xodimi, koloniya shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari, oila aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi buzilishi hamda boshqa salbiy holatlarning oldini olishda xodimlarning ota-onalari, oila aʼzolari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi, salbiy xatti-harakatlar sodir etgan xodimlar ichki ishlar organlaridan boʻshatish bilan cheklanib qolmasdan, jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan choralar qoʻllanishi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.
Yakunda oʻz ishiga yuksak darajada masʼuliyat bilan yondashayotgan, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan xodimlar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.
Zafar OBILOV,
mayor.
Qashqadaryo viloyati.
