IIV Fargʻona akademik litseyida ota-onalar va oʻquvchilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda Fargʻona viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari - Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov qatnashdi.
Yigʻilishda 2023 yilnining “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb nomlanganligi eʼtirof etilib, endilikda akademik litseyda taʼlim-tarbiyaga yanada jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Oʻquvchilarning tarbiyasi, xulqi va darslarda faol ishtirok etishida ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, oʻquv yili davomida yutuqlarga erishayotgan oʻquvchilar nomi alohida tilga olinib, ularning ota-onalariga viloyat IIB rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirildi.
Tadbir yakunida talaba-oʻquvchilar ligasi kuzgi mavsumida 2-oʻrinni egallab, “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan diplom va smartfonlar bilan taqdirlangan oʻquvchilarga ushbu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
