Soha xodimlari oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib, sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ular­ning hissasi katta boʻlyapti. Oʻtgan ikki oy mobaynida, fuqarolar tomonidan 1023 taga yaqin ariza va xabarlar berildi. Bularning barchasi yuzasidan oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrilishi taʼminlandi. Shu bois ham mazkur ariza hamda xabarlar asosida olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov tadbirlari natijasida 31 ta jinoyat ochildi.  

– Tumanimiz xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning bar­vaqt oldini olish maqsadida viloyat IIB JXX PPX batalyoni tomonidan 2 ta avtopatrul, 1 ta piyoda patrul, 2 ta yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari va 4 nafardan yoshlar hamda jamoatchilik vakillaridan iborat guruhlar faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, «Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak» shiori ostida 45 ta jamoatchilik maskanlari tashkil qilinib, ichki ishlar organlari xodimlari hamkorlikda kun-u tun xizmatda. Shuning­dek, navbatchilik qismida tuman hududida joylashgan beshta bank muassasasi, muhim toifalangan obyektlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatilgan hamda doimiy ravishda axborot almashib turiladi. Tuman markazi chorrahalari hamda aholi gavjum joylari toʻliq kameralashtirilib, navbatchilik qismiga oʻrnatilgani va doimiy ravishda kuzatib kelinayotgani ham oʻz samarasini bermoqda, – deydi Romitan tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari, kapitan Jasur Rasulov.

Qisqasi, navbatchilik qismida xizmat jarayoni toʻxtamaydi. Bu bilan xodimlar hududda tinchlik, oso­yishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklar­ning barvaqt oldini olishga munosib hissa qoʻshishmoqda.

Mirzoqul AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.