Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda xavfsiz hududni yaratish boʻyicha profilaktika inspektorlarining amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi D.Qodirov, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B.Abdullayev, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat rahbarlari, IIV Akademiyasi boshligʻi, polkovnik R.Xatamov va bilim yurti professor oʻqituvchilari hamda viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat sektor rahbarlari, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi, viloyat sudi raisi, shuningdek, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB (IIO FMB) boshliqlari va barcha profilaktika (katta) inspektorlari qatnashdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 26-sentabr kuni mahallalardagi “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda amaldagi mahalla “beshligi” tomonidan mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Soʻng yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda aniq va manzilli ishlarni tashkil etish kerakligi borasida barcha masʼul rahbar hamda xodimlarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
