Joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari Urganch Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼonida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari-shtab boshligʻi, polkovnik I.Toʻxtasinov boshchiligidagi ishchi guruh harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Yigʻilishda harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlash hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmatchilar va ularning farzandlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, IIV tizimidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari salomatligini muhofaza qilish, osoyishtalik posbonlarini turar joy bilan taʼminlash, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator imkoniyatlar berilayotgani taʼkidlab oʻtildi.
Mazkur tadbir yakunida esa, harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan psixologik trening ham oʻtkazildi.
Juratbek OTAJONOV,
mayor.
