IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilariidan iborat ishchi guruh Navoiy shahridagi “Yoshlik” mahallasida oʻrganishlar olib bordi.

Mazkur mahalla 2021-yilda 42 ta jinoyat sodir etilganligi sababli “qizil” hududga kiritilgan edi. Oʻtkazilgan keng qamrovli targʻibot tadbirlari, ayniqsa “fuqarobay” ishlash uslubining samarali qoʻllanishi natijasida joriy yilda jinoyatchilik sezilarli darajada kamayib, mahalla “sariq” hududga aylandi.

Ishchi guruh aʼzolari “Yoshlik” mahallasi hududida joriy yilda sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini oʻrganishdi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hududiy profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda mahalla aholisi bilan uchrashib, hududda sodir etilgan jinoiy holatlar va kelgusida jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlari xususida suhbatlashishdi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.