Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan mamlakat boʻylab sayyor oʻquv yigʻinlari boʻlib oʻtmoqda. Mazkur farmoyish ijrosini taʼminlash doirasida Buxoro viloyatida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida amaliy mashgʻulotlar va oʻquv seminarlari olib borilmoqda. Ayniqsa, Shofirkon tumani ichki ishlar boʻlimida xizmat qilayotgan xodimlar bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlarda xodimlarning professional tayyorgarligi va harakatchanligi yuzasidan aniq baholash ishlari amalga oshirildi.
Hozirda ishchi guruh viloyatning boshqa tumanlarida ham shunday oʻquv mashgʻulotlarini bosqichma-bosqich davom ettirmoqda. Tashkil etilayotgan mashgʻulotlar orqali ichki ishlar organlari xodimlarining umumiy tayyorgarligi yanada mustahkamlanishi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashdagi samaradorligi oshishi kutilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
