Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani IIB tashkiliy boʻlinmasi navbatchilik qismiga har kuni oʻrtacha 300 ga yaqin qoʻngʻiroqlar boʻladi. Fuqarolar ijtimoiy muammolarga yechim qidirish, huquqiy yordam olish yoki qonunbuzarliklar haqida xabar bermoq maqsadida sim qoqishadi. Mazkur jarayonda navbatchilik qismi navbatchi yordamchisi, kichik serjant Rustam Xushboqov xizmat burchidan kelib chiqib, tez va aniq harakat qiladi. 

Shuningdek, u viloyat IIB 102 tizimiga qilingan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib boradi. Vazifalarini puxta bajarishga odatlangan kichik serjant hamkasblari hurmatini qozongan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.