Joriy yilning 23-yanvarida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Qorakoʻl tumani «Qorahoji» mahallasida yashovchi D. Boboqul (ismi oʻzgartirildi)ning qonunga xilof ravishda oʻqotar ov qurolini ruxsatnomasiz saqlab va foydalanib kelayotgani aniqlandi. Mazkur holatni aniqlashda tuman IIB TQX JQB tezkor vakili, mayor Oʻlmas Yaxshiboevning xizmat katta boʻldi.
Mayor Oʻ. Yaxshiboyev Qorakoʻl tumani IIBda qariyb 14 yildan beri xizmat qiladi. Ikki yildan beri esa tezkor qidiruv xizmatida faoliyat olib boradi.
– Kasbini chinakam sevgan kishigina doimo yangilik sari intiladi, – deydi tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari, mayor Erkin Qobilov. – Oʻlmas Yaxshiboev ana shunday izlanuvchan xodimlardan. Zimmasidagi vazifalarini oʻz vaqtida bajaryapti. Tumanimiz hududida fuqarolarning hayoti va sogʻligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning keskin kamayishida uning hissasi katta.
Oʻziga bildirilgan ishonchni oqlayotgan shunday xodimlar bor ekan, hayotimiz osudaligi, tinchligimiz muqarrarligiga aslo shubha qilmaymiz.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
