1. Nima uchun oʻzingizga boʻlgan ishonch yoʻqligini tahlil qiling. Ishonchning yoʻqolishi yoshlikka ham taqalishi mumkin. Ota-onalar koʻpincha farzandini boshqa bolalarga taqqoslaydi. Bu holat esa farzandning oʻziga boʻlgan ishonchini pasaytiradi yoki asta-sekin yoʻqolishiga sabab boʻladi.
2. Istaklaringiz haqida toʻgʻridan-toʻgʻri gapirishga harakat qiling. Deylik, hamkasbimning oldiga boraman va unga: «Hisobotni tayyorlashda menga yordam bera olasanmi?», deyman. Hamkasbim esa menga: «Yoʻq! Senga bu borada yordam bera olmayman», deb javob beradi. Bu yerda yakuniy qaror qabul qilishni hamkasbimga oʻtkazib qoʻyyapman. Aslida esa, savolni boshqacharoq qoʻyishim kerak. Masalan: «Hisobotni tayyorlashda menga yordam ber, iltimos».
3. «Men oʻylaymanki», «menimcha», «mening fikrimcha» kabi soʻzlar sizni oʻziga ishonmaydigan shaxs sifatida koʻrsatib beradi. Shu sababli ularni lugʻatingizdan olib tashlang.
4. Va eng asosiysi, oʻziga ishongan odam, oʻzini borligicha qabul qiladi. Unutmang, yaxshi natijaga erishish oʻz qoʻlingizda!
Naufal TURGʻUNOV,
katta leytenant.
