2021-yilning mart oyida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Qoʻytosh shaharcha fuqarolar yigʻini hududidagi aholi punktida yashovchi D.D. “Damas”ini hamqishlogʻi A.U.ga 25 million soʻmga nasiyaga sotdi. Olarmon avtoulovning pulini 2022-yilning avgust oyida berishi kerak edi. Avgust oʻtdi, ammo pul toʻlanmadi. Shu bois jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

Soha vakillari tomonidan oʻtkazilgan surishtiruv davomida firib ustasi 2021-yilning may oyida yana bir hamqishlogʻi M.M.dan 156 bosh qoʻy hamda 40 bosh echkini 200 million soʻmga kelishib olib, pulini bermagan ekan. U xuddi shunday yoʻl bilan Gʻallaorol tumanining “Savruk” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi E.A.ning 27 bosh qoʻyini bir oyda toʻlash sharti bilan 38 million soʻmga baholab olgani maʼlum boʻldi. 

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.