Podpolkovnik Jamshid Eshmamatov boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi vakillari Namangan viloyati “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, amalga oshirish lozim boʻlgan ishlarni belgilab oldilar.
Muassasa yoʻlaklarini asfaltlashtirish, oʻquv xonalarini taʼmirlash, kompyuter sinflari tashkil etish va Brayl alifbosida darsliklar, badiiy adabiyotlar olish masalalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga vazifalar yuklatildi.
Gulchehra Buvamirzayeva,
“Postda” muxbiri,
Namangan viloyati.
