Taʼkidlanishicha, agar muzdek suv oshqozonga tushsa, u holda fermentlar va meʼda shirasining ishlab chiqari­lishi vaqtincha toʻsib qoʻyiladi. Natijada oqsillar soʻrilmaydi. Bu esa juda xavfli. 

Bundan tashqari, sovuq suv ichganda yogʻlar hazm boʻlmaydi, ichakning harakatlanish faolligi pasayadi, bu esa ich qotishiga olib keladi. Shuningdek, juda issiq suv ichish (65 darajadan yuqori) ham notoʻgʻri — qiziloʻngach saratoni xavfi ortadi. 

Sharbatlardan esa butunlay voz kechish tavsiya etiladi. Ularni muntazam isteʼmol qilish podagra yoki buyrakda tosh yigʻilishiga, eng yomon holatda esa saratonga olib kelishi mumkin. 

Mutaxassislarning fikriga koʻra, kuniga ikki marta koʻk choy (u gidratatsiyani tiklaydigan ajoyib antioksidant) va limonli suv ichish foydali.

Yozning issiq kunlarida salqin ichimliklarga boʻlgan talab ortib, aholi gavjum joylarda, bozorlarda turli sharbatlar, mors, ayron kabi chanqoqbosdi ichimliklar savdosi avj oladi.

Biz odatda yoʻllarning chekkasida koʻradigan oddiy, qoʻlbola bochkalarda sotiladigan ichimliklarda kimyoviy va bakteriologik moddalar bor-yoʻq­ligi tekshirilmagan. Demak, kvas, mors yoki sharbat boʻlishidan qatʼi nazar bunday ichimliklarni ichish xavfsiz emas.

Oʻtkir ichak infeksiyasi, salmonellyoz, gastroentret, gastrit kabi yuqumli kasalliklar keltirib chiqaruvchi mahsulotlar qatoriga haftalab issiqda qolib, keyin oʻz egasini topayotgan qovun-tarvuz va meva-chevalar ham kiradi.

Darhaqiqat, har qanday mahsulotni isteʼmol qilish yoki uni tayyorlashda meʼyorga amal qilinmasa, bu shubhasiz, zaharga aylanishi mumkin. Shuning uchun koʻcha-koʻyda sotilayotgan salqin ichimliklarni isteʼmol qilayotganda ehtiyot boʻling.

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.