Karmana tumanining Samarqand viloyati bilan chegarasida joylashgan YPX maskanida joriy yilning 15 martga oʻtar kechasi soat 00:30da Buxoro – Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan “Gazelʼ” rusumli yuk avtomashinasi xodimlar tomonidan toʻxtatilib tekshirildi.
Avtomashina yukxonasi koʻzdan kechirilganida, sanitariya talablariga zid holatda, inson sogʻligʻi uchun xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz olib ketilayotgan 30 ta qopga joylan, kelib chiqishi nomaʼlum goʻsht mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.
Ushbu mahsulotlar isteʼmolga yaroqliligini aniqlash maqsadida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida ekspertizadan oʻtkazildi. Tekshirish natijalariga koʻra, barcha mahsulotlar isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilindi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
