Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Denov tumanida yashovchi fuqaro J.A. boshqaruvida boʻlgan “Isuzu” avtotransport vositasi Boysun tumanidagi “Darband” YPX maskanida xolislar ishtirokida toʻxtatilib, tekshirildi. Natijada avtomobil yukxonasida qiymati 122 million 175 ming soʻmlik 407 250 dona “Britanik”, qiymati 72 million soʻmlik 240 000 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
