Shahrisabz shahriga Italiyaning Bari shahridan sayyoh sifatida kelgan Antonia Gentilening toʻsatdan tobi qochib qoldi. Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan zudlik bilan “tez yordam” chaqirtirildi.
Italiyalik mehmonning sogʻligʻi nazoratdan oʻtkazilib, birinchi yordam koʻrsatilgach, u sayohatini davom ettirdi.
Antonia Gentile va uning bir guruh sayyoh hamrohlari xavfsiz turizm xizmati xodimlaridan mamnun boʻlib, ularga minnatdorlik bildirishdi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
