Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro R.A. 2019-yilning bahor oylarida nomaʼlum shaxsga aldanib qoldi.

Gap shundaki, oʻzi yaxshi tanimagan bir yigit uning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Italiya davlatida ishlab chiqarilgan quti yasash dastgohini olib kelishga vaʼda beradi. Uning vaʼdasiga ishongan R.A. esa 45 ming AQSH dollari pulni qoʻsh-qoʻllab berib yuboradi.

Nomaʼlum shaxs esa ikki yilda ham dastgohni olib kelib bermadi. Ilojsiz qolgan jabrlanuvchi oxiri IIBga murojaat qildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining qayd etishicha, mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumondor protsessual tartibda ushlangan.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.