Lavhamiz qahramoni dastlabki xizmat faoliyatini 2017-yilda Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasida surishtiruvchi sifatida boshladi. Unga murabbiy etib oʻsha davrda tajribali va malakali tergovchi sanalgan, hozirda viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi boshligʻi lavozimi­da xizmat qilayotgan podpolkovnik Odil Yakubov biriktirildi. Kasbning oʻziga maʼlum boʻlmagan qirralarini ustozidan oʻrgangan Maftuna IIV Akademiyasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab, mahorat va tajribasini oshirib bordi. 

2024-yilda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning shahar-tuman boʻlinmalari tergovchilari oʻrtasida oʻtkazilgan «Eng yaxshi tergovchi» koʻrik-tanlovi gʻolibi 

mayor Maftuna Shokirova joriy yilning oʻtgan davrida 20 dan ortiq jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini yakunladi. 

– Tergovchi, avvalambor, halol, xolis boʻlmogʻi lozim. U aybdor­ning aybini isbotlab, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashga, aybsiz­larni oqlashga oʻz hissasini qoʻshsa, vijdoni oldida yuzi yorugʻ boʻladi. Hech qachon zimmasidagi vazifaga yuzaki yondashmagan, oʻqishdan, oʻrganishdan, izlanishdan erinmagan, toʻxtamagan xodim tanlagan yoʻlidan adashmaydi, – deydi u. 

Sodiq RAHIMOV, 

 oʻz muxbirimiz. 

 Qashqadaryo viloyati.