Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari IIV Jizzax akademik litseyida belgilangan reja asosida mahorat darslari oʻtmoqdalar. Navbatdagi mashgʻulotda oʻquvchilarga trasologik ekspertiza haqida saboq berildi. Mazkur jarayonda jinoyat izlarini oʻrganish, tahlil qilish, qiyoslash, bu maqsadda foydalaniladigan qurilma va maxsus vositalar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Yakunda soha mutaxassisi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.