IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 30-son manzil koloniyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” shiori ostida tadbir uyushtirildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar boʻyicha qoʻmitasining Zafarobod tumani boʻlimi hamda xalq deputatlari tuman kengashi vakillari soʻzga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushish oqibatlari toʻgʻrisida toʻxtaldilar. Yakunda mavzuga oid hujjatli filʼm namoyish qilindi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
