Jizzax viloyati Zafarobod tumani IIB, FVB hamda Milliy gvardiya masʼullari hududdagi davlat organlari va tashkilotlar idoraviy qorovullik boʻlinmalari shaxsiy tarkibi bilan muloqot oʻtkazdilar. Unda qorovullarning tashkilot, korxona va muassasalardagi faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi, jamoat xavfsizligini taʼminlashdagi ishtirokiga toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, soha vakillari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil etilib, ahvolni oʻnglash yuzasidan topshiriq va tavsiyalar bildirildi. Oʻz navbatida ilgʻorlar ragʻbatlantirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.