“Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV oʻquv-dala markazida Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, jangovar qurollarni ishlatish, foydalanish tartibi va bu boradagi koʻnikmalarini boyitish maqsadida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Mashgʻulotlarda institut Jangovar tayyorgarlik sikli professor-oʻqituvchilari tomonidan xodim va tinglovchilarga oʻq otish mashgʻulotlarining maqsad va vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi. Xodimlarning zamonaviy oʻqotar qurollardan oʻq otish koʻnikmalari oshirildi. Jumladan, amaliy oʻq otish, Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatini toʻliq va toʻliqsiz qismlarga ajratish, yigʻish, pistolet va avtomatdan nishonni toʻgʻri zabt etish, oʻqotar qurollardan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish kabi malakalari mustahkamlandi.

     Zero, bu kabi mashgʻulotlarda ichki ishlar organlarining har bir xodimining jangovar tayyorgarligi yuksaladi. 

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.