Kasb fidoyisi

Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tergovchisi, kapitan Shahobiddin Sulaymonov oʻn yildan buyon ichki ishlar organlari tizimida samarali xizmat qilib kelmoqda.

Faoliyatining olti yilini tergov sohasi rivojiga bagʻishlagan lavhamiz qahramoni mazkur davr mobaynida 300 dan ortiq jinoyat ishlarini odilona koʻrib chiqib, qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminladi.

Yaqinda ham uning saʼy-harakatlari bilan firibgarlik jinoyatini sodir etib, javobgarlikdan qochib yurgan qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi. Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻz muxbirimiz.