Safdor Sulton Haydarov hamkasblariga nafaqat ishga masʼuliyat bilan yondashishi, balki boʻlinma pitomnigida saqlanayotgan jonivorlarni iz qidirish va giyohvandlik moddalarini topishga oʻrgatish borasida ham oʻrnak boʻlayotir. Shuningdek, turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritmoqda. 2020-yil­ning oktabr oyida sohaviy xiz­mat xodimlari oʻrtasida Qashqadaryoda oʻtkazilgan koʻpkurash musobaqasining respublika bosqichida gi­yohvandlik moddalarini qidirib topish yoʻnalishida uning xizmat itiga teng keladigani topilmadi. 2022-yilning noyabr oyida Jizzaxda soha vakillari ishtirokida tashkil etilgan res­publika miqyosidagi koʻpkurash musobaqasida oʻz jamoasining gʻolib boʻlishiga katta hissa qoʻshdi va I darajali diplom bilan taqdirlandi. Ayni vaqtda safdor navbatdagi koʻpkurash musobaqasiga hozirlik koʻrayotir.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.