Jinoyatchilikning “mahallabay” muhokamasi viloyat IIB rahbariyati tomonidan doimiy ravishda joylarda oʻtkazib kelinmoqda. Kuni kecha viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda mahalla masʼullari ishtirokida Buxoro shahar “Joʻybor” mahallasida sodir etilgan jinoyat joyida muhokama etildi. Muhokamada qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga omil boʻlgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida soʻz yuritildi. Mahallada kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
